20 Oktabr 2020 82

Xorazm viloyatida "Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish" oyligi doirasida tadbirlar o'tkazilmoqda

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 15 oktyabr` kunidan 15 noyabr` kuniga qadar “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligini o'tkazish to'g'risidagi Farmoyishi e'lon qilingan bo'lib, shu asosida ayni kunlarda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlarining patrul`-post va jamoat tartibini saqlash, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan shug'ullanuvchi sohaviy xizmatlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik yanada kuchaytirildi.

Joylarda profilaktik tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilib, asosiy e'tibor oila-turmush doirasidagi nizolarni oldini olish, bezorilik va o'g'irlik jinoyatlarini sodir bo'lishiga olib keluvchi omillarga chek qo'yish, shuningdek yo'llarda harakatlanishni namunali tarzda tashkil etish borasida aholi orasida keng miqyosda targ'ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Targ'ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishda televidenie, radio, bosma matbuot, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish bilan birgalikda barcha shahar va tumanlarning markaziy ko'chalari, bozorlari hamda xiyobonlarida yirik o'lchamdagi banner, panno va monitorlar o'rnatilib, aholiga bukletlar tarqatilmoqda.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda ichki ishlar organlari va keng jamoatchilikning o'zaro hamkorligi samaradorlik garovi ekanligidan kelib chiqib, barcha yurtdoshlarimizdan mazkur oylik davomida faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.  

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2020. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага