4 Mart 2021
175
Yollanma ishchi tilla uzuk o'g'irligida gumonlanmoqda
Fevral` oyida Yunusobod tumani IIO FMBga 35 yoshli Zamira X. murojaat qilib, 500 AQSh dollarilik tilla uzugi o'g'irlanganligini ma'lum qildi.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O'g'rilik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov harakatlari davomida gumonlanuvchi – 17 fevral` kuni Zamira X.ning uyiga uy tozalash uchun kelgan 38 yoshli Shaxnoza B. ekanligi ma'lum bo'ldi.
Hurmatli fuqarolar! Uyingizga yollanma ishchilarni taklif qilar ekansiz, qimmatbaho buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati